27 iyu 02:30
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/630_220.jpg)
Migel Anxel “Mayki” Garsiya 30 iyul kuni ringga qaytadi
Professional boksning ikki vazn toifasida sobiq jahon chempioni Migel Anxel “Mayki” Garsiya 30 iyul kuni ringga chiqadi.
Amerikalik 28 yoshli bokschining raqibi dominikanlik Elio Roxas bo'ladi. Ushbu jang Nyu-York shahrida bo'lib o'tadi.
Eslatib o'tamiz, asli kelib chiqishi meksikalik bo'lgan Garsiya o'zining so'nggi jangini 2014 yilning yanvarida o'tkazgan edi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar