19 fev 09:51
Yangiliklar
Milan va Kortina-2026. Norvegiya medallar jamg'arish bo'yicha yakka peshqadam!
Oq Olimpiadaning navbatdagi kungi bellashuvlari medallar jamg'arish reytingining Top-10`taligiga katta tasir o'tkazmadi. Norvegiya sport delegaciyasi 15 ta oltin, 8 ta kumush, 10 ta bronza, jami 33 ta medal bilan peshqadamlikni davom ettirmoqda. Italiya terma jamoasining umumiy medallar soni 26 taga etdi. Mezbonlar 9 ta oltin, 5 ta kumush, 12 ta bronza medali bilan ikkinchi o'rinni band etishgan. Kuchli uchlikka AQSH (7 ta oltin, 11 ta kumush, 6 ta bronza) terma jamoasi yakun yasagan.
Medallar reytingi Top-10`taligidan Franciya, Niderlandiya, SHveciya, Germaniya, Avstriya, Yaponiya va SHveycariya delegaciyalari joy olgan. Jami 19 davlat delegaciyalari hisobida kamida bittadan oltin medal bor. Kamida bitta medalga ega chiqqan davlatlar soni 26 taga etdi.

Fikrlar