05 avg 14:46
Yangiliklar
Futbol

"Milan" Yashari transferini hal qildi
"Milan" rahbariyati "Bryugge" bilan shveycariyalik yosh yarim himoyachi Ardon Yashari transferi borasida deyarli kelishuvga erishdi.
Insayder Sasha Tavolerining xabar berishicha, Milan klubi 23 yoshli futbolchining transferini hal etgan. U yaqin vaqt ichida "rossoneri"ga rasman kelib qo'shilishi kutilmoqda.
Yashari "Milan" bilan 5 yillik shartnoma imzolaydi. Hozirda mutaxassislar yarim himoyachining transfer qiymatini 32 million evroga baholamoqda.
Eslatib o'tamiz, Ardon Yashari o'tgan mavsum "Bryugge" safida 52 o'yin o'tkazib, 4 ta gol urgan va 6 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Bungacha Yashari o'z vatanida "Luzern" klubida to'p tepgan.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar