16 sen 06:51
Yangiliklar

Milliy kurash bo'yicha 3 ta "Spark" o'ynalgan xalqaro turnir yakunlandi
Musobaqada Indoneziya, Tojikiston va Qozog'iston hamda yurtimizning 60 dan ortiq sara polvonlari uch vazn toifasida kuch sinashdi.
73 kilogramm vaznli polvonlar o'rtasida kechgan bahslarda andijonlik Rahmatilla Nuriddinbekovga teng keladigan raqib topilmadi. 90 kilogramm vaznda samarqandlik Muhammadali SHamsiddinov birinchi o'rinni qo'lga kiritdi. 90 kilogrammdan og'ir vaznli polvonlar bellashuvida mutlaq g'oliblik xorazmlik Boltaboy Boltaevga nasib etdi.
Samarqand viloyati hokimi polvonlarga musobaqaning bosh sovrini – “Spark” avtomobillarini topshirdi.
SHuningdek, musobaqaning 2-3 o'rin sohiblari, faol kurashgan sportchilar O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda O'zbekiston kurash federaciyasining diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.
Fikrlar