So’nggi yangiliklar

09:23Отабек Холматов Тошкентдаги бокс оқшомида жанг қилиши мумкин 0 08:30"Ролан Гаррос". Бугун Камилла Раҳимова дунёнинг 10-ракеткасига қарши кортга чиқади 0 07:53"Ўлиминг яқинлашмоқда". Нассурдин Имавов Стриклендга мурожаат қилди 0 19:04Ўзбекистон Кубоги 1/8 финалига қачон қуръа ташланиши маълум 0 18:40Дмитрий Биволга Ислам Махачев билан жанг ҳақида савол беришди, боксчи эса бунга жавоб берди 0 18:17Усикнинг собиқ промоутери Александрга фаолиятини якунлашни маслаҳат берди 0 17:45Мураббий Махачевнинг қайтиш муддатини тасдиқлади 0 17:17Дмитрий Бивол Дана Уайт билан ҳам музокара ўтказганини айтди 0 16:39Моуринью "Интер" ҳимоячисини "Реал"га ўтишга кўндирди 0 16:16Бекзод Абдураҳмонов Чимаев билан бир оқшомда жанг қилади 0 15:39Тайсон Фьюри кейинги жангини қачон ўтказишини айтди 0 15:12Александр Усик 100 миллион доллар гонорар олдими? Боксчининг ўзи жавоб берди 0 14:40"Реал" Гвардиола кетганидан кейин "Сити" юлдузининг трансферини кўриб чиқишни режалаштирмоқда — The Sun 0 14:16Сауль Альварес Кроуфорд билан реваншни истамоқда 0 13:44Оқ уй ҳудудида UFC турнири учун қурилиш ишлари бошланди 0

30 mar 20:39
Yangiliklar

Kurash

Milliy kurashimiz Cindao o'yinlarida!

Teglar :  KurashXitoy
Cindao SHandun provinciyasidagi Xitoyning eng yirik va nufuzli shaharlaridan biri hisoblanadi.

Mamlakatning muhim transport yo'llari chorrahasi aynan Cindaoda joylashgan. SHuningdek, ushbu shahar Sariq dengiz bo'yidagi yirik portga ham egalik qiladi. Cindao juda ko'plab yirik xalqaro sport musobaqalari, nufuzli o'yinlarga ko'p bora mezbonlik qilgan.

Bundan tashqari shaharda har yili ananaviy tarzda “Qingdao martial art Games” kompleks musobaqasi ham o'tkazilib kelinadi. O'yinlar dasturidan ko'plab olimpiya va noolimpiya sport turlari o'rin olgan. 

Mazkur o'yinlarning nufuzi balandligidan unga bo'lgan qiziqish yildan-yilga ortib bormoqda. Cindao o'yinlarida ko'plab Olimpiya o'yinlari g'oliblari, jahon chempionlari ishtirok etadi.

Biz uchun ahamiyatlisi shundaki, bu yilgi bahslarda Kurash sport turining ham taqdimoti o'tkazildi. Arenaga jam bo'lgan minglab tomoshabinlar, sport rasmiylari ishtirok etgan ushbu marosimda kurashning usullari va texnikalari namoyish etildi.

Xitoy Kurash associaciyasidan olingan malumotga ko'ra, 2024 yilgi Cindao o'yinlari dasturiga milliy qadriyatimizning bir bo'lagi hisoblangan kurash ham rasmiy sport sifatida kiritiladi.

Eslatib o'tamiz, Xitoy Kurash associaciyasi tomonidan fevral oyida xitoylik kurash hakamlari uchun seminar tashkil etilgan edi. Unda 150 nafardan ziyod mutaxassislar ishtirok etishgandi. Seminarni Xalqaro kurash associaciyasi (IKA) Referi komissiyasi azosi CHo Ngay Xang boshqarib borgandi.

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing