So’nggi yangiliklar

16:50Мейвезер катта жанги учун эҳтимолий рақибларни очиқлади 0 16:19Усман Нурмагомедов бир неча кун ичида UFC’га ўтиши мумкин 0 15:48Венгер ФИФА президенти сайловида иштирок этишга рози бўлиш арафасида 0 15:17Уч нафар ҳамюртимиз Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:46Бугун икки боксчимиз Олимпия ўйинлари медали учун рингга кўтарилади 0 14:15Магнус Карлсен: "Абдусатторов билан машғулотлар мени реалликка қайтарди" 0 13:44Александр Головин Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади 0 13:13Дана Уайт Оқ уйда матбуот котиби бўлиш таклифига ўз жавобини айтди 0 12:42Паризода Талабованинг медали ўзбек енгил атлетикаси учун тарихий бўлди 0 12:11Осиё Миллатлар кубогида Ўзбекистон шарафини тўққиз шахматчи ҳимоя қилади 0 11:42Дакар-2026: бугун енгил атлетика ва велоспорт баҳслари якунланади, боксчилар чорак финалда рингга чиқади 0 11:40Касильяс ўйин амалиёти етишмаслиги сабаб ўғилларини "Реал" академиясидан олиб кетди 0 11:09Магомед Анкалаев кейинги жангини оғир вазнда ўтказмоқчи 0 10:38Чимаев RAF турнирида собиқ UFC чемпионига қарши курашади, Ковингтон сафдан чиқди 0 10:07Келаси ҳафта Тошкентга келадиган Тедди Ринер Франция президентлиги сайловида қатнашмоқчи 0

27 iyu 15:34
Yangiliklar

Bolalar sporti

Milliy terma jamoa uchun eng ko'p sportchi etkazib berayotgan sport maktabi haqida FOTOREPORTAJ

O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi ishchi guruhi o'z faoliyatini Namangan shahridagi sport talim muassasalarini o'rganish bilan davom ettirmoqda.

Jumladan, shaharda joylashgan nafaqat viloyatda, balki respublika bo'yicha yirik, zamonaviy sport bazalariga ega bo'lgan muassasalardan biri Namangan shahar sport o'yinlari va engil atletikaga ixtisoslashtirilgan bolalar-o'smirlar sport maktabining bugungi holati, undagi yosh sportchilar va aholining sport bilan mashg'ul bo'lishlari uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishildi.

2 ta yirik sport majmuasiga ega bo'lgan mazkur ixtisoslashtirilgan bolalar-o'smirlar sport maktabida jami 20 ta sport inshootlari mavjud bo'lib, bir vaqt ichida 15 xil sport turi bilan shug'ullanish mumkin.

Sport maktabida 55 nafar trenerlar 88 nafarga yaqin yosh sportchilarga har qanday sharoitda engilmaslik, faqat yuqori marralarni ko'zlagan holda oldinga harakatlanish va kelajakda chempion degan nomga munosib bo'lish sirlarini o'rgatishmoqda.

Qilinayotgan mehnatlar o'z samarasini bermay qolmayapti. 2019 yilining o'zida ushbu sport maktabi tarbiyalanuvchilari tomonidan respublika va xalqaro musobaqalarda jami 156 ta medal qo'lga kiritildi. Ularning 67 tasini eng yuqori probali medallar tashkil etishi esa, kelajakda yangidan-yangi Olimpiya chempionlarining munosib poydevori mavjud ekanligini anglatadi.

Sport maktabida bugungi kunda Humoyun Sultonov, Abdulhay Ismoilov, Sayyora Abduhalilova, Sitora G'aybullaeva kabi yuzlab umidli sportchilar tarbiyalanmoqda.

Ushbu sport majmualari 2019 yilning o'zida 20 dan ortiq respublika va xalqaro toifadagi nufuzli musobaqalarga mezbonlik qildi.

Etiborlisi, zamonaviy sport bazalarida bir kunda yosh sportchilardan tashqari 2 mingga yaqin aholi o'z sog'liklarini tiklash maqsadida sport bilan doimiy shug'ullanishmoqda.

Quyida sport maktabining zamonaviy majmualarini aks ettiruvchi foto lavhalarni etiboringizga havola etamiz:

 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing