25 mar 17:48
Yangiliklar
Boks/MMA

"Miochich Korme bilan revanshga loyiq"
MMAchi Jon Jons UFCning og'ir vazn toifasidagi chempioni Daniel Korme Stipe Miochich bilan revansh o'tkazishi lozimligi haqida gapirdi.
Jonsning so'zlariga ko'ra, Miochich bunday jangga loyiq.
"Miochich revanshga loyiqmi? Ha, men shunday hisoblayman. Stipe bizning sportimiz va og'ir vazn uchun ko'p ish qildi. Uning yorqin janglari ko'p, ularni ng aksariyat qismini muddatidan oldin yakunlay olgan. U o'ziga bo'lgan munosabatdan norozi deb o'ylayman. Unga o'zini ko'rsatish uchun imkoniyat berishmayapti. Men ular ishtirokidagi revanshni ko'rishdan xursand bo'lardim", - dedi Jon Jons.
Eslatib o'tamiz, Korme hamda Miochich o'rtasidagi jang UFC 226 turniri doirasida o'tkazilgan va unda Korme birinchi raunddayoq g'alaba qozongandi.
Havola :
Manba : MMA News
Fikrlar