07 fev 09:50
Yangiliklar
Boks/MMA

Miochich va Junior dos Santos o'rtasida revansh jangi o'tkaziladi
Aralash qoidalar bo'yicha superog'ir vazn toifasida UFC chempioni Stipe Miochich o'zining navbatdagi jangini 13 may kuni o'tkazadi.
Miochichning raqibi Junior dos Santos bo'ladi. Miochich va Santos 2014 yili ham o'zaro to'qnash kelishgandi. O'shanda Junior hakamlarning bir ovozdan bergan bahosiga ko'ra g'alaba qozongan edi.
Hozircha UFC tashkiloti bu jangni rasman tasdiqlamadi. Lekin har ikki tomon ushbu jangning o'tkazilishini malum qilmoqda.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar