14 sen 13:19
Yangiliklar
Boks/MMA

Mirafzal Axtamov oktyabrda ikki yo'nalishda ikkita jang o'tkazadi
Buxorolik sportchi Mirzafzal Axtamov oktyabr oyida ikkita jang o'tkazadi.
Bu haqda sportchining o'zi saytimizga malum qildi. "Amir Temur" sport klubi azosi hisoblangan Mirzafzal oktabr oyida bir yo'la ikki jangda oktagonga ko'tariladi.
Dastlabki jang 6-7 oktyabr kunlari Turkiya mezbonligidagi K-1 Gran-Prisi doirasida o'tkazilsa, ikkinchisi 28 oktyabr sanasida Dubayda tashkil etiladigan UAE WARRIORS turnirida MMA yo'nalishida bo'lib o'tadi.
Malumot uchun, Mirafzal Axmatov hozirgi kunda O'zbekiston kikboksing federaciyasi raisining o'rinbosari sifatida faoliyat yuritayotgan Muzaffar Rajabovning shogirdi hisoblanadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar