27 fev 12:18
Yangiliklar

Mirazizbek Mirzahalilovni tabriklaymiz
Mirazizbek 1995-yilda Farg'onaning Quva shahrida tug'ilgan. -57 kg vazn toifasida Vatanimiz sharafini munosib himoya qilib kelayotgan bokschimiz, 2018 yil Osiyo o'yinlari g'olibi, Osiyo chempionati-2019 oltin medal sohibidir. 2019 yil Ekaterinburgda Jahon chempioni nomiga sazovor bo'lganligi munosabati bilan Prezidentimiz tomonidan "O'zbekiston iftixori" unvoni bilan taqdirlangan.
Mirazizbek Mirzahalilovni tug'ilgan kuni bilan muborakbod etamiz! Unga uzoq umr, bitmas-tuganmas baxt, sog'lik, doimo shohsupaning yuqori pog'onasida bo'lishini tilaymiz.
Olimpiada yo'lida barcha raqiblaringdan qo'ling baland kelsin - CHEMPION!
Fursatdan foydalanib saytimiz muxlislari va xodimlari nomidan bokschimizi bugungi tug'ilgan kuni bilan muborakbod etamiz.
Sarvinoz Raxmonqulova
Fikrlar