So’nggi yangiliklar

15:29Аргентина бош мураббийи Лионель Мессининг ЖЧ-2026`да иштироки ҳақидаги вазиятни изоҳлади 0 15:08Макгрегор UFC’да яна бир ўзига хос рекорд эгасига айланди 0 14:47Царукян Пулласнинг Нина Драмани 10 000 евро эвазига учраштириш таклифига кескин жавоб берди 0 14:26Исраэль Адесанья Брюс Лини зиёрат қилди + ФОТО 0 14:05Саломон Рондон: "АПЛдаги хет-триким унутилмас, лекин Ўзбекистонга қарши ўйинда буни такрорлаш қийин" 0 13:39Де Ла Хойя "The Ring" журналини Туркига сотиб юборганидан афсусда 0 13:17Жавоҳир Синдаров иштирок этадиган "Номзодлар турнири" тақвими билан танишинг 0 12:50Конор Макгрегор пуллик трансляциялар ҳақидаги маълумотларга ўз услубида муносабат билдирди 0 12:25Эрон ҳукумати Азмуннинг мол-мулкини мусодара қилишни бошлади 0 12:02"Агар у ютқазса, фаолиятини якунлайди" - Сехудо Адесанья ҳақида 0 11:39Хабиб нима учун аёлларнинг MMA’да иштирок этишини қўллаб-қувватламаслигини тушунтирди 0 11:17Сўнгги икки йилдаги UFC турнирида пуллик трансляциялар сотувлари статистикаси маълум бўлди 0 10:52"Ман Сити" юлдузи яқин ойларда жамоани тарк этишга тайёр — Football Insider 0 10:28Собиқ UFC маликаси Лиана Жожуа Karate Combat турнирида жанг қилди (ВИДЕО) 0 10:05Бугун Тошкентда самбо бўйича ёшлар ўртасида Ўзбекистон чемпионати бошланади 0

11 iyu 17:03
Yangiliklar

Futbol

Mirjalol Qosimov: "Jiddiy aytganda Jahon chempionatiga chiqishga endi tayyor bo'ldik"

Ayni paytda mamlakatimizda futbol bayrami nafasi kezib yuribdi.

Sababi esa malum, O'zbekiston terma jamoasi tarixda ilk bor Jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Kecha esa bu bayramga yana ko'tarinki ruhda, yuqori notada nuqta qo'ya oldik. Biz bu borada yanada yaxshiroq hissiyotga ega, o'z vaqtida terma jamoa boshqaruvida mundialga chiqishga juda yaqin kelgan Mirjalol Qosimovning fikrlari bilan qiziqdik. 

- Mirjalol Qo'shoqovich, O'zbekiston terma jamoasining Jahon chempionatiga chiqqanidan so'ng qanday hissiyotlar uyg'ondi? Siz o'z vaqtida Jahon chempionatiga ikki bor termani etaklagansiz, hammadan ham ko'proq buni siz yaxshi his qila olasiz...

- O'tgan hafta, BAA bilan o'yindan avval davlat nashrlaridan birining “Bo'lajak 2 uchrashuv oldidan nimalarni kutayapsiz?” degan savoliga “Men faqat bir narsani kutayapman: termamiz barcha masalani Abu-Dabida hal qilsin va Toshkentdagi so'nggi bahsda  Qatar bizni jonli yo'lak orqali qutlasin” deb javob bergan edim. Bu o'ziga xos zo'r ramziy mano kasb etgan bo'lardi. Yani aynan Osiyo chempioni O'zbekiston termasini Jahon chempionatiga kuzatib qo'ygan bo'lardi. Albatta, qatarliklar buni o'zlariga ep ko'rishmadi, lekin muhimi bu emas. Muhimi, biz tarixda ilk bor Jahon chempionati ishtirokchisiga aylandik va turnirni juda chiroyli yakunladik. Juda ko'pchilik yurtdoshlarimizning orzusi ro'yobga chiqdi. 

- Jahon chempionati yo'lida har safar nimadir kichik detal etishmay qolardi. Bu safar qaysi etishmagan omil etarli bo'ldi yoki yordamga keldi? 

- Kichik emas, katta detal etishmasdi, yani kvota 8 yarimta emasdi (kuladi). Jiddiy aytadigan bo'lsak, biz Jahon chempionatiga endi tayyor bo'ldik. Avvallari ham yo'llanmani qo'lga kiritishga juda yaqin kelgandik, lekin u ko'proq omadga bog'liq bo'lardi. Infratuzilma, stadionlar ahvoli, milliy chempionat saviyasi, vitaminizaciya, bolalar futboliga munosabat kabi masalalarda hali ko'p ishlarni amalga oshirish talab etilardi. Hatto terma jamoa bazasi ham yo'q edi. Yillar davomida bularning bari amalga oshirildi. Sifatli maydonlarda futbolchilarimiz sifatli o'yinlar namoyish etishmoqda. Ular Angliya va Italiya chempionatlarida to'p tepishmoqda. Yani biz hamma tomonlama kuchaydik va Jahon chempionatiga chiqishga loyiq bo'ldik. Bu o'z-o'zidan bo'lib qolgani yo'q. Yurtboshimizning sportga, xususan futbolga bo'lgan etiborlari va amaliy yordamlari tufayli yuqoriga ko'tarildik. Sportchilarimizning Parij Olimpiadasidagi misli ko'rilmagan yutuqlari, futbolchilarimizning Olimpiada va Jahon chempionatiga yo'l olishlari Prezidentimizning shaxsan qo'llovlari natijasidir. Ularning shaxsan stadionga tashriflari yoshlarimizga ajoyib motivaciya bo'lgan va ular qita chempionligini qo'lga kiritishgandi. SHu kunlarda Toshkentda katta xalqaro anjuman bo'layotganidan, oliy darajada uchrashuvlar tashkil etilayotganidan xabarim bor. SHuncha tig'iz vaqt bo'lishiga qaramasdan, mehmonlarni ham o'zlari bilan stadionga olib kelganlari shunchaki ajoyib! Ular hashamatli stadionni ko'rish barobarida bizda mundialda qatnashadigan kuchli jamoa borligiga ham ishonch hosil qildilar. SHuningdek, yuqoridagi hazilimning chin tarafi ham bor - Osiyoga kvotalar soni 2 baravar oshirilishi ham alohida ahamiyat kasb etadi.  

- Timur Kapadzening murabbiylik salohiyatiga qanday baho berasiz?

- Timur futbolchilik paytidayoq murabbiylikka qiziqa boshlagan. Bunyodkorda bosh murabbiy bo'lganimda, u jamoa azosi edi va maydondagi norasmiy murabbiy edi. Uning sheriklariga bergan ko'rsatmalaridan, u kelajakda yaxshi murabbiy bo'lib etishishini tahmin qilgandim, bu tahminim o'zini oqladi.  Katanec sog'lig'i tufayli terma jamoada ishlay olmasligi ayon bo'lgach, O'FAdan menga aloqaga chiqishdi va yangi bosh murabbiy borasida fikrlarimni so'rashdi. Men o'ylab ham o'tirmay, Timurning nomzodini ilgari surdim. Olimpik va Olimpiya terma jamoasi orqali u katta tajriba orttirgandi va milliyga aynan u bo'lishi lozim degan fikrni berganman. Hozirgi kunda, terma jamoa o'yinchilarini undan yaxshiroq biladigan mutaxassis yo'q hisobi. SHu bois ham, shogirdimga ishonaman va uning faoliyatiga omad yor bo'lishini chin dildan tilayman.   

- Kichik tarixga qaytsak qarshi bo'lmasangiz. 2014 yil Qatarni 5:1 hisobida taslim qilganmiz. Men ko'rgan o'sha vaqtdagi eng yaxshi o'yinlarimizdan biri. Ushbu uchrashuvni qanday xotiralar bilan eslaysiz?

- Biz o'sha yili Jahon chempionatiga chiqish uchun har qachongidan yaqin kelgan edik. Janubiy Koreya o'z uyida Eronga yutqazib qo'ymaganida biz to'g'ridan-to'g'ri yo'llanmaga ega chiqqan bo'lardik. Yakunda koreyslar bilan bir hil ochko to'plaganmiz, faqat to'plar nisbatiga ko'ra ulardan qolib ketganmiz. Qatar bilan o'yinda 6 ta to'p farqi bilan g'alaba qonishimiz talab etilardi. Bu mushkul bo'lsa-da, barchamiz shu maqsadda harakat qilganmiz. Ko'p gol urish bosimi futbolchilarga salbiy tasir qilgan va 1 chi bo'limda gol urish o'rniga, o'z darvozamizdan o'tkazib yuborganmiz. 2 chi bo'limda 5 ta gol urganmiz, lekin qolganiga kuch ham, vaqt ham etmagan. Afsuski, hammasi ham bizning qo'limizda emas edi. 

- Milliy terma jamoamizning Jahon chempionatiga yo'llanma olishining tarixiy ahamiyati borasida qanday fikrdasiz?

- Yuqorida aytganimdek, jamoamiz mundialga chiqishi uchun yillar davomida katta hajmda ishlar amalga oshirildi. Bu esa biz bu yog'iga tasodif yoki omad tufayli emas, tizimli ravishda Jahon futboli kuchlilari safidan o'rin olishimizga imkon beradi. Sobiq ittifoq chempionatida biz quyi ligaga tushib ketmaslik uchun kurash olib borar edik. Endi esa, ular orasida Jahon chempionatiga yo'l olgan yagona mamlakatga aylandik! Bu o'z-o'zidan bo'lib qolgani yo'q. O'zbekistonda futbolni yuqori cho'qqiga olib chiqish uchun katta hajmda ishlar bajarildi. 

SHu kunlarda menga dunyoning turli nuqtalaridan tabrik xabarlari kelmoqda. Bir vaqtlar birga o'ynagan va ishlagan hamkasblarimdan. Ular bilan do'stona aloqalarini hali ham saqlab qolganmiz.  O'zbekiston mundialga chiqishi bilan, rus, ukrain, osetin, gruzin, ozarbayjon va boshqa millat vakillari tabriklar yo'llashmoqda. Buni tasavvur qilish qiyin! Markaziy Osiyo davlatlarining bizga qo'shilib shodon bo'lishlarini ham til bilan tasvirlab bo'lmaydi. Bu shunchaki ajoyib!   

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing