So’nggi yangiliklar

16:43Расман: Диёр Имомхўжаев яна 4 йил ПФЛни бошқаради 0 16:14Мурат Гассиевнинг Баходир Жалолов билан жанг бўйича позицияси маълум бўлди 0 15:45Икки нафар ёш курашчимиз жаҳон чемпионатида совриндор бўлишди 0 15:18Қозоғистон ўзбекистонлик ММА жангчисини халқаро қидирувга берди 0 14:532026/27 йилги мавсумда дунёнинг энг қиммат 10 та футбол клуби номи маълум қилинди 0 14:19Энтони Жошуа - Тайсон Фьюри жанги қаерда ва қачон ўтказилиши айтилди 0 13:42Шон О`Мэлли танаффус олди: "Бир муддат кутиб тураман" 0 13:13Хамзат Чимаев UFC`га мурожаат қилди: "Нимани кутяпмиз?" 0 12:41"Ал Ҳилол" Англия терма жамоаси аъзосига 45 миллион фунт таклиф қилди 0 12:18Жо Роган Махачевга Йен Гэрри билан бўлган жангдан сўнг маслаҳат берди 0 11:43Кормье Нурмагомедовга: "Вақтни беҳуда сарфлашни бас қил" 0 11:17Пара академик эшкак эшувчиларимиз Жаҳон чемпионатида иштирок этади 0 10:46ESPN талқинига кўра дунёнинг энг яхши ҳужумкор ярим ҳимоячиси аниқланди. Беллингем – 2, Шерки – 4, Мактоминей – 8-ўринда! 0 10:20Махачевнинг мураббийи: "Ислам Хабибдан ўзиб кетди" 0 09:54“Президент Олимпиадаси” ва Осиё ўйинларига тайёргарлик жараёни кўриб чиқилди 0

21 noy 08:08
Yangiliklar

Tadbirlar

Mirobodda sportsevar oilalar o'zaro musobaqalashdi

Teglar :  Mirobod
Mirobod tumani 1-sonli bolalar-o'smirlar sport maktabida Otam, onam va men – sportchilar oilasi shiori ostida sport musobaqalarini tashkil qildi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktyabrdagi «Sog'lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi Farmonida Jismoniy tarbiya va sport vazirligiga bir qator manfaatdor vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda aholi, xususan oilalar orasida sog'lom turmush tarzini keng targ'ib qilish maqsadida «Otam, onam va men – sportchilar oilasi!» sport musobaqalarini tashkil etish vazifasi ham yuklatilgan.

Farmon ijrosini taminlash maqsadida kecha Mirobod tuman xokimligi, tuman jismoniy tarbiya va sport bo'limi, Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash bo'limi bilan hamkorlikda Mirobod tumani 1-sonli bolalar-o'smirlar sport maktabida «Otam, onam va men – sportchilar oilasi» shiori ostida sport musobaqalarini tashkil qildi. Unda tumandagi «CHinor», «Yuksalish», «Yangi Qo'yliq» hamda «Ziyonur» mahallalarida istiqomat qiluvchi sportsevar oilalar o'zaro musobaqalashdi.

Qizg'in, murosasiz va eng muhimi, do'stona ruhda tashkil etilgan musobaqalar yakuniga ko'ra 1-o'rinni «Ziyonur» mahallasi nomidan qatnashgan Kamolovlar oilasi qo'lga kiritgan bo'lsa, 2-o'rin «Yuksalish» mahallasida yashovchi Umarovlar oilasiga nasib etdi. 3-o'rinni esa «CHinor» mahallasidan Akbarovlar oilasi egalladi.

Tadbir yakunida g'olib va sovrindorlar, shuningdek sport musobaqasi ishtirokchilari tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing