28 apr 10:12
Yangiliklar
Boks/MMA
Mirzaxalilov SHumkovga qarshi revansh jangini o'tkazadi. Sana va manzil aniq
Bir yarim yil oldin shov-shuvga sababchi bo'lgan o'zbek va rus bokschilari o'zaro revansh jangida yana bir bor to'qnash kelaishadi.
4 may kuni Rossiya Federaciyasining Sankt-Peterburg shahridagi "KSK Arena" majmuasida IBA.Pro: CHempionlar oqshomi bo'lib o'tadi.
Biz uchun ahamiyatlisi, turnirning asosiy kardida tajribali charm qo'lqop ustamiz Miraziz Mirzaxalilov (4-0, 3 KO) ringga ko'tariladi. Unga o'sha kuni rossiyalik jahon chempioni Vsevolod SHumkov (3-0, 1 KO) raqib bo'ladi. Bu ikki bokschining IBA.Pro turnirlar seriyasidagi o'zaro ikkinchi jangi bo'ladi.
2024 yilning sentyabr oyida Ozarbayjonning Baku shahrida o'tkazilgan dastlabki jangda SHumkov hakamlarning bahsli qarorlari evaziga Mirzaxalilovdan ustun kelgandi.

Havola :
Manba : IBA_PRO
Fikrlar