30 may 09:48
Yangiliklar
Suv sporti turlari

Mixail Kleshko Singapurdagi ochiq turnirda ishtirok etadi
Bu haqda Uzbekistan Aquatics federaciyasi axborot xizmati xabar bermoqda.
"31 may – 3 iyun kunlari Singapurda suzish bo'yicha ochiq chempionat bo'lib o'tadi va unda O'zbekiston terma jamoasi vakili Mixail Kleshko ham ishtirok etadi. Sportchi 50 metrga batterflyay, erkin va chalqancha suzish dasturlarida medallar uchun kurash olib boradi.
Qayd etish joizki, mazkur chempionat joriy yilda Singapurda bo'lib o'tadigan suv sporti bo'yicha jahon chempionatiga saralash bosqichi ham hisoblanadi", deyiladi tashkilot xabarida.
Havola :
Manba : t.me/aquatics_uz
Fikrlar