22 dek 07:29
Yangiliklar
Boks/MMA
MMA afsonalaridan biri Anderson Silva endi policiyachi
Kuni kecha sobiq UFC chempioni Tayron Vudlini boks bahsida nokautga uchratgan 50 yoshli Anderson Silva policiyachi sifatida yangi faoliyatini boshlamoqchi.
Braziliyalikning so'zlariga ko'ra, u yaqin orada Beverli-Xillz policiya departamentiga qo'shilish uchun policiya akademiyasida o'qishni boshlaydi.
"Men hozirdanoq ishga qaytaman va Beverli-Xillz policiya departamenti policiya akademiyasida o'qishni boshlayman", - dedi sobiq UFC chempioni Anderson Silva.
Malumot uchun, Anderson Silva deyarli yigirma yil oldin UFC`dagi faoliyatining eng yuqori cho'qqisida Braziliyadan Kaliforniyaga ko'chib o'tganidan beri u erda yashaydi.U endi jamiyat oldidagi fuqarolik burchini bajarmoqchi.

Havola :
Manba : fighttime
Fikrlar