01 jan 17:45
Yangiliklar
MMA Fighting 2024 yilning eng yaxshi jangchisini elon qildi
Yarimengil vaznda amaldagi UFC chempioni Iliya Topuriya (16-0) nashr tomonidan 2024 yilning eng yaxshi jangchisi deb topilgan. 27 yoshli asli kelib chiqishi gruziyalik, hozirda Ispaniya sharafini himoya qilayotgan Iliya Topuriya 2020 yildan UFC promoushenida o'z janglarini o'tkazib kelyapti.
Topuriya o'tgan yilning fevral oyida o'tkazilgan UFC 298 turniri doirasida sobiq pound-for-pound reytingida peshqadami, avstraliyalik sobiq chempion Aleks Volkanovskini ikkinchi raundda nokautga uchratib, vaznning yangi chempioniga aylangan edi. U o'zining so'nggi jangini Abu-Dabidagi UFC 308 turnirida amerikalik sobiq chempion Maks Xolloueyni uchinchi raundda nokautga uchratgan edi. Bu Iliyaning ilk chempionlik himoya jangi edi.
Fikrlar