29 mar 18:51
Yangiliklar
MMA hamjamiyatining Israel Adesanyaning bugungi mag'lubiyatiga munosabati
Asli nigeriyalik aralash yakkakurash ustasi oqshomning asosiy jangida amerikalik Jo Payferga ikkinchi raundda texnik nokaut evaziga mag'lub bo'lgandi. MMA olami Adesanyaning bugungi mag'lubiyatini etibor va izohsiz qoldirmadi.
Frensis Ngannu: "Nima gap o'zi, "mujik"! Boshingni baland ko'tar, Stilbender!
Gilbert Byorns: "Albatta, Izziga achinaman, lekin Jo Payfer haqiqatan ham jiddiy daraja, vau!"
Diana Belbita: "Gapirgim kelmayapti, lekin Israel Adesanya davri allaqachon tugagan bo'lsa kerak"
Mett Braun: "Izzi zaryadlangan va umuman olganda yaxshi ko'rinardi. SHunchaki Jo Payferning ajoyib jang rejasi bor edi, u xarakter ko'rsatdi va muddatidan oldin g'alaba qozonish uchun harakat qilishdan to'xtamadi!"
Belal Muhammad: "Izzi hali tugatgani yo'q. U o'z darajasida edi - shunchaki finishga erishish imkoniyatini his qildi va shundan kelib chiqib katta tavakkal qila boshladi"
Jeyms Linch: "Jo Payfer faoliyatidagi eng yirik g'alabani qo'lga kiritdi"
Maykl Keroll: "Jo Payfer endi Gregori Rodriges bilan 2022 yildan beri UFC o'rta vazn toifasida muddatidan oldin g'alaba qozonish bo'yicha birinchi o'rinni bo'lishib turibdi - ularning har birida oltitadan"
Ali Abdel-Aziz: "Israel Adesanya baribir buyuk!"
Ketma-ket to'rtinchi mag'lubiyatni qabul qilib olgan Israel Adesanyaning o'zi professional jangchilik faoliyatini yakunlamoqchi emasligini malum qildi.

Fikrlar