14 noy 13:52
Yangiliklar
Boks/MMA

MMA Olimpiya o'yinlari dasturiga kiritiladimi?
UFC rahbari Dana Uayt aralash qoidalar jangi Olimpiya o'yinlari dasturiga kiritilishi haqida gapirdi.
"Biz IMMAF va WMMAA tashkilotlarining birlashishini qo'llab-quvvatlaymiz. Bu MMA rivoji uchun va albatta sportning ushbu turi Olimpiya o'yinlari dasturidan o'rin olishi uchun yaxshi qadamdir", - dedi UFC prezidenti.
Avvalroq, IMMAAF va WMMAA tashkilotlari birlashish bo'yicha kelishuvga erishganliklari haqida xabar qilingandi.
Ular tomonidan 11-18 noyabr kuni Bahraynda dastlabki musobaqa tashkil qilinadi. Unda jahonning 52 mamlakatidan sportchilar qatnashishi kutilmoqda.
Havola :
Manba : ТАСС
Fikrlar