17 apr 20:58
Yangiliklar

MMA. O'zbekistonning Khudyakov Team jamoasi Qozog'istondan ajoyib g'alaba bilan qaytdi
Ushbu musobaqadagi janglarda O'zbekistoning Khudyakov Team jamoasi jangchilari ishonchli g'alabalarga erishishdi.
56.7 kg vazngacha bo'lganlar orasida Humoyuddin Abdullaev o'z raqibi Kuanisha Nursultanni texnik nokaut bilan engdi. 65.8 kg vazgacha bo'lgan yana bir o'zbekistonlik Akmal Xolboev qozog'istonlik Jalgas Toxtasinovni birinchi raunddayoq mag'lub etdi. "Khudyakov Team" jamoasi sardori, eng og'ir vaznli Aleksandr Stolyarov qozog'istonlik raqibi Jumabek Alimbekovni birinchi raundda nokaut bilan mag'lub etdi. Maqsadjon Yusupov va Elyor Normirzaevga raqiblarini engish uchun 2 daqiqa etarli bo'ldi.
Kechaning asosiy jangida PCT va Jekpe-Jek bo'yicha chempionlik kamari uchun o'zbekistonlik Sirojiddin Eshanboev qozog'istonlik Erjan Kenjegulovga qarshi ringga chiqdi. To'liq 3 raund davom etgan jangda barcha hakamlar bir ovozdan Sirojiddin Eshonboevning g'alabasini etirof etishdi.
Fikrlar