So’nggi yangiliklar

15:18Ўзбекистон Кубоги. Ярим финалларнинг бошланиш вақтлари маълум 0 14:47UFC Fight Night 293 турнирининг бонуc cоҳиблари маълум 0 14:16Порье Махачевнинг жангдан бош тортгани ҳақида: "Менимча, у ҳеч кимдан қўрқмайди" 0 13:44"850 000 дан ортиқ овоз". Топурия UFC’даги кейинги рақиби ҳақида сўровнома эълон қилди 0 13:13Месси МЛС тарихида қаторасига икки мавсум тўпурар бўлган илк футболчига айланди 0 12:42"У иштонини ҳўллаб қўяди". Фьюри — Жошуа билан бўлажак жанги ҳақида 0 12:11Дональд Трамп Дана Уайт, Махачев ва Нурмагомедовга Оқ уйда ишлашни таклиф қилди 0 11:40Шара Буллетнинг жанги расман тасдиқланди + ПОСТЕР 0 11:09“Насаф” аёллар жамоаси Осиё Чемпионлар лигаси 1/4 финалига чиқди 0 10:38Умматалиев ғалаба қозонган оқшомнинг асосий жанги WBC камари учун кечди 0 10:07UFC Vegas 124: Қирғиз жангчиси 12-ғалабасини қўлга киритди 0 09:36Оғир вазнлилар иштирокидаги UFC Fight Night 293 турнирининг асосий жангида нокаут! 0 09:05Туркия Суперлигаси. "Башакшеҳир" меҳмонда камбэк эвазига ғалабага эришди + ВИДЕО 0 08:34Диёра Келдиёрованинг қайси мусобақада қатнашиши маълум бўлди 0 08:03Қозоғистон Олимпиада-2028 учун илк лицензиясини қўлга киритди 0

26 avg 15:01
Yangiliklar

Boks/MMA

MMAchilarimiz Bishkekdagi xalqaro turnirda qatnashishdi

Teglar :  MMA
Bishkekda aralash jang sanati bo'yicha xalqaro o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazildi.

Unda Qirg'iziston va O'zbekiston aralash jang sanati ustalari oktagonga chiqishdi.

SHu yilning 24 avgust kuni Qirg'iziston poytaxti Bishkek shahrida aralash jang sanati bo'yicha xalqaro o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazildi. Bishkek shahridagi «Gazprom» bolalar sport majmuasida tashkil etilgan mazkur janglarda mezbonlar – Qirg'iziston hamda o'zbekistonlik aralash jang sanati ustalari o'z mahoratlarini namoyish etishdi.

O'rtoqlik uchrashuvi doirasidagi janglarni Xalqaro aralash jang sanatlari federaciyasi (IMMAF) prezidenti Kerrit Braun, Qirg'iziston Respublikasi CHuy viloyati gubernatori hamda Qirg'iziston MMA, IMMAF yo'nalishi bo'yicha milliy federaciyasi prezidenti E.Tentishev, O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi raisining o'rinbosari, O'zbekiston aralash jang sanatlari federaciyasi raisining o'rinbosari SHerzod Tashmatov va boshqalar kuzatib borishdi.

Janglar 10ta vazn toifasida tashkil etildi. Etiborlisi, barcha vazn toifalarida yurtimiz sportchilari g'oliblikni qo'lga kiritishdi.

Quyida Xalqaro o'rtoqlik uchrashuvida g'alaba qozongan sportchilarimiz bilan tanishing:

-52,2 kg vazn toifasida – Zokirov Humoyun,

-56,7 kg – Isroilov Behruz,

-61,2 kg – Sattorov Husniddin,

-65,8 kg – Rustamov SHukurjon,

-70,3 kg – Akbarov Behruz,

-77,1 kg – Mo'minjonov Munis,

-83,9 kg – Boltaev Islom,

-93 kg – Komilov Ilyos,

-120,2 kg – Mahammatov Fayzullo,

+120 kg – Xolmuratov Ixtiyor.


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing