29 may 12:08
Yangiliklar
Futbol

Modrich faoliyatini kutilmagan chempionatda davom ettirishi mumkin
Madridning “Real“ klubi yarim himoyachisi Luka Modrich faoliyatini na MLSda va na Saudiya Arabistonida davom ettiradi.
U Evropada qolishga qaror qildi. Mundo Deportivo xabarlariga ko'ra, xorvat faoliyatini SHotlandiya chempionati vakili “Reynjers“ klubida davom ettiradi. Karlo Anchelottiga yordamchi bo'lib kelgan David Anchelotti esa jamoa bosh murabbiyiga aylanadi.
Malumot uchun, Modrich klublar o'rtasidagi JCHdan so'ng “Real“ni tark etadi. “Reynjers“ o'tgan mavsum SHotlandiya chempionatida 2-o'rinni qo'lga kiritdi. U chempion “Seltik“dan 17 ochko kam to'pladi.
Havola :
Fikrlar