20 may 12:26
Yangiliklar
Futbol

Modrichning "Real"dagi kelajagi malum
Madridning "Real" klubi rahbariyati yarim himoyachi Luka Modrich bilan kelishuvni yana bir yilga uzaytirmoqchi.
Xorvatiyalik futbolchini jamoaning yangi bosh murabbiyi Xabi Alonso o'ynatishni reja qilgan. SHu sababli "Real"ning yangi ustozi rahbariyatdan xorvatiyalik 39 yoshli yarim himoyachi bilan shartnomani uzaytirishni so'ragan. Modrichning klub bilan amaldagi bitimi yozda yakuniga etadi.
Malumot uchun, Modrich 2012 yildan beri "Real" safida harakat qiladi. U joriy mavsum 55 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 4 ta gol va 9 ta golli uzatma bor.
Havola :
Fikrlar