10 apr 09:37
Yangiliklar

Monte-Carlo Masters. Novak Jokovichni ilk uchrashuvidayoq mag'lub etishdi
Serbiyalik tennischi o'z ishtirokini to'g'ridan-to'g'ri ikkinchi davrada boshladi. U ATP reytingida 32-o'rinni egallab turgan chililik Alexandro Tabiloga 3/6, 4/6 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. Tabilo Novakka noqulay raqib ekanini yana bir bor isbotladi. U o'zaro ikkinchi uchrashuvda ham nomdor raqibini mag'lubiyatga uchratdi.
Sakson sakkiz daqiqa davom etgan bahsda Jokovich 3, Tabilo 2 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Ikkala tennischi ham 2 tadan qo'shxatoga yo'l qo'ydi. Breyklar bo'yicha ustunlik tabiiyki, g'olib tennischi tomonida bo'ldi - 3 ga 1. Tabilo bu yilgi mavsumda ilk bor ketma-ket ikkita uchrashuvda g'alaba qozonib, 1/8 finalga chiqdi. Endi u bolgariyalik Grigor Dimitrovga qarshi kortga chiqadi.
Fikrlar