23 avg 20:20
Yangiliklar
Tennis
Monterreyda o'zbek tennis derbisiga guvoh bo'lamiz!
Meksikaning Monterrey shahrida o'tkazilayotgan WTA 500 turniri saralash bosqichida O'zbekiston vakilalari Mariya Timofeeva hamda Kamilla Raximova hal qiluvchi bahsda o'zaro to'qnash keladi.
Birinchi bosqichda Mariya Timofeeva tailandlik Lanlana Tararudeni 7:6(5), 2:6, 7:6(4) hisobida mag'lub etdi.
Kamilla Raximova esa franciyalik Leolia Jinjan ustidan 6:4, 4:6, 6:2 hisobida g'alaba qozondi.
Endi Monterreyda o'zbek tennis derbisi bo'lib o'tadi. Ushbu uchrashuv g'olibasi turnirning asosiy to'riga yo'l oladi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan 24 avgust kuni tonggi 2:00 da boshlanishi belgilangan.
Monterrey Open — WTA 500 toifasidagi turnir bo'lib, bahslar qattiq qoplamali kortlarda o'tkaziladi. Turnirning umumiy mukofot jamg'armasi 1 206 446 dollarni tashkil etadi.
Havola :
Manba : utf.uz
Fikrlar