So’nggi yangiliklar

12:07"Биз айнан шу зарбани ишлагандик" - Сонг Ядонг нокаут ҳақида 0 11:40"Барселона" ҳимоячиси € 8,5 млн эвазига "Реал Сосьедад"га ўтди 0 11:13Двалишвили Нурмагомедовнинг мағлубиятига битта эмоджи билан муносабат билдирди 0 10:49Ҳумоюн билан жанг қилиши кутилган Мадраҳимов Тошкентга октагонга чиқади + ПОСТЕР 0 10:22Ислам Махачев Нурмагомедовнинг UFC`даги иккинчи мағлубияти ҳақида гапирди 0 09:57Ўзбекистон кубоги. Бугун яна иккита қизиқарли учрашув бор 0 09:23Lausanne Grand Slam 2026. Бугун оғир вазнли дзюдочиларимизга мухлислик қиламиз. Улар орасида Тўрабоев ҳам бор! 0 08:55Умар Нурмагомедов кечаги кутилмаган нокаутига илк бор изоҳ берди 0 08:26Жасурбек "Тайсон" Жўраев бир ҳафтадан кейин Тошкентда жанг қилади + ПОСТЕР 0 07:54"Интер Майами" "Монреаль"ни тор-мор этди. Мессидан покер 0 07:31Оғир вазн келажаги сифатида эътироф этилган Мозес Итаумани чуқур нокаутга учратишди 0 22:32Lausanne Grand Slam 2026. Ўзбекистон терма жамоаси иккинчи кунни ҳам медаль билан якунлади 0 21:11Шоҳсанам Шерзодова ва Нилуфар Зокирова жаҳон чемпионати кумуш медали совриндори 0 20:44Робиньонинг 18 ёшли ўғли "Женоа"га ўтмоқда 0 20:18UFC Fight Night 286 турнирининг бонуслари кимларга насиб этди? 0

11 iyu 14:27
Yangiliklar

Og'ir atletika

MOQ prezidenti og'ir atletikachilarimizning onlayn mashg'ulotini kuzatdi

Og'ir atletika bo'yicha asosiy terma jamoamiz ayni kunlarda mashg'ulotlarni davom ettirmoqda.

Polvonlarimizning imkoniyatlarini chamalash, texnik va taktik tayyorgarligini ko'zdan kechirish maqsadida onlayn mashg'ulot o'tkazildi. Mazkur jarayonni MOQ prezidenti Rustam SHoabdurahmonov hamda O'zbekiston og'ir atletika federaciyasi raisining birinchi o'rinbosari SHahrullo Mahmudov ZOOM platformasi orqali kuzatib borishdi. 

Suhbat chog'ida og'ir atletika bo'yicha keyingi hafta oxirida o'tkazilishi rejalashtirilayotgan xalqaro onlayn-musobaqaga tayyogarlik haqida so'z bordi. Rustam SHoabdurahmonov atletlarning mashg'ulot jarayonini kuzatar ekan, ularning jismoniy holatiga ijobiy baho berdi. 

SHuningdek, MOQ rahbari tomonidan ushbu sportning ommaviyligini oshirish, yoshlar orasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish maqsadida og'ir atletikachilar ishtirokida onlayn-musobaqalar, turli onlayn uchrashuvlar va yosh havaskorlar uchun motivacion ruhdagi murojaatlar, master-klass, qiziqarli materiallar tayyorlash borasida ko'rsatmalar berildi. 

O'z navbatida, sportchilarga mashg'ulotlardan chalg'imaslik, zal va mehmonxonadan tashqari boshqa biror joyga bormaslik, bugungi muhim davrda ehtiyotkorlik choralari, karantin qoidalariga rioya qilish zarurligi yana bir bor eslatildi. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing