So’nggi yangiliklar

18:39U-23 Жаҳон чемпионатида иштирок этадиган эркин, юнон-рум ва аёллар кураши бўйича таркибларимиз маълум 0 18:05Камилла Раҳимова Wuhan Open`да Australian Open чемпионини мағлуб этди 0 17:28Шоҳжаҳон Эргашев энди бошқа бир ўзбекни жангга чақирди 0 16:50"Манчестер Сити" катта жарима эвазига АПЛдан четлатилиш ва совринлардан маҳрум бўлишдан қутулиши мумкин эди 0 16:22"Жошуани боплаб дўппослайман, кейин Усикдан ўчимни оламан". Фьюри боксдан кетиш олдидан режалари ҳақида гапирди 0 15:40"Бундан хурсанд бўламан". Дмитрий Бивол Бетербиев билан трилогияни кутаётганини айтди 0 15:13Магомед Анкалаев UFC унга қандай ҳолатда чемпионлик камари учун жанг беришини айтди 0 14:30"Энди Месси бизники" - "Интер Майами" мураббийи 0 13:46Масвидаль UFC ташкил қилиши мумкин бўлган "энг шов-шувли жанг" қайси эканлигини айтди 0 13:14Расман! Лаша Гуджеджиани билан тўрт йиллик шартнома имзоланди 0 12:39"У 40 ёшдан ошган, аммо мени жангга чорлаяпти. Унга ҳурматим баланд" - Бенавидес Бетербиев ҳақида гапирди 0 12:12Арсен Венгер ФИФА президенти лавозими учун курашда Инфантинонинг рақибига айланиши мумкин — The Times 0 11:45Волкановски ўзига нима мотивация беришини айтди - бу пул ёки камарлар эмас 0 11:16Бугун Жаҳон чемпионатида оғир вазнлиларимиз, хусусан Музаффарбек Тўрабоевнинг чиқишига гувоҳ бўламиз! 0 10:45Фьюри – Жошуа жанги учун чипталар бир соат ичида сотилиб кетди 0

27 noy 15:03
Yangiliklar

Tadbirlar

MOQ rahbari va sport vaziri OAV xodimlari bilan uchrashdi + FOTO (tafsilotlar)

Bugun "Sevimli" telekanali binosida O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti Rustam SHoabdurahmonov hamda Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiev ishtirokida yig'ilish tashkil etildi.

Tadbirda shuningdek O'zbekiston sport tashkilotlari fahriylari kengashi raisi Komiljon Xudoyberganov, taniqli sport sharhlovchisi Mirzahakim To'xtamirzaev ham spikerlar sifatida ishtirok etishdi.


Ochiq muloqot tarzida tashkil etilgan suhbatda sport yo'nalishida faoliyat olib boruvchi OAV xodimlari o'zlarini qiziqtirgan savollar bilan mutasaddilarga murojaat qilishdi. 

"Jismoniy tarbiya va sport sohasida ayni paytda katta hajmdagi ishlar amalga oshirilmoqda. Bu ishlarni xalqqa etkazib berishda ommaviy axborot vositalari xodimlari bilan hamkorlik katta ahamiyatga ega. SHu sababli, taklifingiz, qanday murojaat bo'lsa ko'rib chiqishga tayyormiz", - dedi Dilmurod Nabiev.


MOQ rahbari Rustam SHoabdurahmonov esa bu safargi Olimpiya ciklida o'zgacha yondoshuv asosida tayyorgarlik ko'rilayotgani, shu bilan birga yosh sportchilarni tarbiyalash ham asosiy masalalardan biri ekanligiga to'xtalib o'tdi. 

"Tokio Olimpiadasi uchun 100 ta licenziya qo'lga kiritishni maqsad qilganmiz. Muhtaram yurtboshimiz boshchiligida sportchilarimiz uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Moliyaviy rag'batlantirishga ham alohida etibor qaratilgan. Sportchilar uchun tibbiyot, psixologiya, ilmiy yo'nalishlarda ham ish olib borilmoqda. 

SHu bilan birga 2022 (o'smirlar), 2024 yili o'tkaziladigan Olimpiya o'yinlari uchun ham tayyorgarlik yoddan chiqib qolgani yo'q. SHu maqsadda kadet va yoshlar terma jamoalarimizga ham etibor qaratilmoqda", - dedi Rustam SHoabdurahmonov. 


Tadbir davomida shuningdek sport federaciyalaridan malumot olish, u erda faoliyat olib borayotgan matbuot xizmatlari faoliyati haqida ham so'z bordi. Taekvondo, boks, dzyudo kabi sport federaciyalari matbuot xizmati faolligi alohida etirof etildi. 

SHuningdek, yurtimizda qishki sport turlarini ham rivojlanirish lozimligi, bu borada Samarqand, Andijon va Qoraqapog'istonda ham muz saroylari bunyod etilishi takidlandi. Bundan tashqari sportchilarimizni xalqaro musobaqalardan kutib olish tizimi, ularning natijalarini yoritish masalalariga ham to'xtalib o'tildi. 


Aziz To'xtamurodov

Suratlar muallifi - Alimurod Mamadaminov


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing