So’nggi yangiliklar

18:39U-23 Жаҳон чемпионатида иштирок этадиган эркин, юнон-рум ва аёллар кураши бўйича таркибларимиз маълум 0 18:05Камилла Раҳимова Wuhan Open`да Australian Open чемпионини мағлуб этди 0 17:28Шоҳжаҳон Эргашев энди бошқа бир ўзбекни жангга чақирди 0 16:50"Манчестер Сити" катта жарима эвазига АПЛдан четлатилиш ва совринлардан маҳрум бўлишдан қутулиши мумкин эди 0 16:22"Жошуани боплаб дўппослайман, кейин Усикдан ўчимни оламан". Фьюри боксдан кетиш олдидан режалари ҳақида гапирди 0 15:40"Бундан хурсанд бўламан". Дмитрий Бивол Бетербиев билан трилогияни кутаётганини айтди 0 15:13Магомед Анкалаев UFC унга қандай ҳолатда чемпионлик камари учун жанг беришини айтди 0 14:30"Энди Месси бизники" - "Интер Майами" мураббийи 0 13:46Масвидаль UFC ташкил қилиши мумкин бўлган "энг шов-шувли жанг" қайси эканлигини айтди 0 13:14Расман! Лаша Гуджеджиани билан тўрт йиллик шартнома имзоланди 0 12:39"У 40 ёшдан ошган, аммо мени жангга чорлаяпти. Унга ҳурматим баланд" - Бенавидес Бетербиев ҳақида гапирди 0 12:12Арсен Венгер ФИФА президенти лавозими учун курашда Инфантинонинг рақибига айланиши мумкин — The Times 0 11:45Волкановски ўзига нима мотивация беришини айтди - бу пул ёки камарлар эмас 0 11:16Бугун Жаҳон чемпионатида оғир вазнлиларимиз, хусусан Музаффарбек Тўрабоевнинг чиқишига гувоҳ бўламиз! 0 10:45Фьюри – Жошуа жанги учун чипталар бир соат ичида сотилиб кетди 0

28 jan 09:30
Yangiliklar

Tadbirlar, Bolalar sporti

MOQ rahbariyati Qashqadaryo sportining 2025 yilgi ustuvor rejalari bilan tanishdi

Osiyo Olimpiya kengashi vice-prezidenti, MOQ raisining birinchi o'rinbosari Otabek Umarov boshchiligidagi ishchi guruh Qashqadaryo viloyatida xizmat safarida bo'ldi.

Tashrif davomida rasmiylar tomonidan sportning bir qator yo'nalishlarida o'rganish ishlari olib borildi.

Mutasaddilarning dastlabki manzili Qarshi Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi bo'ldi. Rasmiylar o'quvchilarni qishki attestaciyadan o'tkazishning yakuniy natijalari va ularning fanlarni o'zlashtirish darajasi bilan tanishishdi. Qolaversa, o'quvchilarga yaratilgan sharoitlar ham ko'zdan kechirildi.

Safar davomida viloyat sport boshqarmasining faoliyati ham o'rganildi. Qayd etish joiz, ishchi guruh Adaptiv sport turlari associaciyasi hamda federaciyalarning hududiy vakillari bilan mavjud muammolarni bartaraf etish, yoshlar uchun yanada qulayliklar yaratish borasida muntazam fikr almashib bordi. Suhbat davomida viloyat sport boshqarmasining 2025 yil uchun rejalari, jumladan, quriladigan yangi obektlar loyihasi ko'rib chiqildi.

SHuningdek, G'uzor tumanidagi sport maktabi hamda milliy va olimpiya sport turlariga ixtisoslashtirilgan maktab-internati ham ko'zdan kechirildi. Reja ko'ra, maktab-internatlari kelgusida Prezident qarori bilan Oliy sport mahorati maktabiga aylantirilishi kutilmoqda. 

SHundan kelib chiqqan holda muassasadagi o'quvchilarning qishki attestaciya natijalari va yangi tizimga o'tish jarayoni tahlil qilindi. Qolaversa, rasmiylar maktab-internatining hovlisiga ko'chat ekib, uning kelgusida yanada chiroy ochishiga hissa qo'shishdi.

Ishchi guruh safar davomida viloyat futbol akademiyasi hamda gimnastika sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabining faoliyati bilan ham tanishdi. SHuningdek, Qarshi shahridagi engil atletika maydoni, aralash jang sanati turlari, dzyudo va boks zallarini ham ko'zdan kechirib, o'quvchilar bilan samimiy suhbatlashishdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing