15 noy 08:06
Yangiliklar
MOQ rahbariyati va Italiya velosport klubi ishtirokida uchrashuv o'tkazildi
Muloqot chog'ida tomonlar hamkorlik imkoniyatlari, O'zbekistonda velosportni yangi bosqichga ko'tarish istiqbollari hamda ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlash masalalarini batafsil muhokama qildilar.
Uchrashuvda, shuningdek, mamlakatimizda velosportni izchil rivojlantirish va uning ommaviyligini yanada oshirish, sportchilar uchun zamonaviy tayyorgarlik sharoitlarini yaratish va raqobatbardosh velomaktabni shakllantirish muhim ekani alohida takidlandi.
Sportchilar va murabbiylar o'z mahoratini muntazam oshirib borishi, tajriba almashishi, ayniqsa to'rt yillikning eng yirik musobaqasi — Los-Anjeles-2028 yozgi Olimpiya o'yinlari hamda boshqa nufuzli turnirlarga tayyorgarlik jarayonida yangi bilim va ko'nikmalar hosil qilishi zarurligi qayd etildi.







Fikrlar