So’nggi yangiliklar

19:30Рамазон Темиров янгиланган UFC рейтингига муносабат билдирди (ФОТО) 0 18:42Энтони Жошуа нима сабабдан Усикнинг машғулот лагеридан кетганини тушунтирди 0 18:14"Барселона" ва "Реал" ярашув битимига эриша олмади 0 17:45Ислам Махачев қачондан кейинги жангига тайёргарликни бошлашини айтди 0 17:22Тошкентдаги проф бокс оқшоми учун яна бир жанг эълон қилинди (ПОСТЕР) 0 16:54Таэквондо WТ терма жамоамиз World Taekwondo Final Гран-присида тўлиқ таркиб билан иштирок этади 0 16:17Гвардиола нима учун Италия терма жамоасини бошқаришдан бош тортгани ҳақида гапирди 0 15:41Гукеш Жавоҳир Синдаров билан илк партия ҳақида фикр билдирди 0 14:52Сенсацион мағлубиятидан кейин Гейбл Стивсоннинг UFC'даги навбатдаги жанги эълон қилинди 0 14:01Жавоҳир Синдаров Гукеш билан илк партиядан сўнг нималар деди? 0 13:15ОЧЛ 2. Бугун "Насаф" ўз уйида Баҳрайн жамоасини меҳмон қилади 0 12:42Никита Белозерцев Анқарадаги Челленжерда нимчорак финалга йўл олди 0 11:31Царукян RAF лигасида Махачев ва Нурмагомедов билан курашмоқчи 0 10:24«Исламни ММАдан кетишга мажбур қиламан». Карлос Пратес Махачев билан эҳтимолий жанг ҳақида 0 09:36ЕЧЛ. "Арсенал" ғалабани қўлдан чиқарди, "Ман Сити"да дуранг ва бошқа натижалар 0

20 iyu 15:03
Yangiliklar

Tadbirlar

MOQda yana bir tahliliy-tanqidiy ruhdagi yig'ilish bo'lib o'tdi FOTOGALEREYA

Bundan bir necha daqiqa avval O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasida navbatdagi yig'ilish bo'lib o'tdi.

MOQ prezidenti Rustam SHoabdurahmonov boshqargan yig'ilishda bir nechta muhim masalalar muhokama qilindi. Yig'ilishda yaqindagina MOQ vice-prezidenti lavozimiga tayinlangan Saken Polatov va Azizjon Kamilov, qator sport federaciyalari rahbarlari, sport faxriylari hamda OAV xodimlari ishtirok etdi.

Rustam SHoabdurahmonov o'z so'zida sport tibbiyotiga etibor qaratib, sportchilarni tibbiy ko'rikdan o'tkazish mexanizmiga alohida urg'u berdi. MOQ rahbari terma jamoaga nomzod sportchilarning ko'rikdan o'tkazish sarf-harajatlariga ko'maklashish, umuman ushbu jarayonga jiddiy etibor qaratish lozimligini aytdi. Avvalgidek bitta ko'z shifokoriga ko'rinish uchun MOQ qoshidagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markaziga kelib o'tirish shart emasligi takidlandi.  

SHuningdek, SHoabdurahmonov talabalar sportiga ham atroflicha to'xtaldi va bu yo'nalishda islohotlar olib borilishini takidladi. Bugungi kunda sportchilarning kitob mutolaasiga befarqligi achchiq bo'lsada, haqiqat ekanligi aytildi. 

Bundan tashqari, Rustam SHoabdurahmonov faxriy sportchilar bilan ham muloqotga kirishdi. Ular bilan haftada ikki marta uchrashib, muloqot qilishga kelishib olindi. 

MOQ raisi OAV xodimlariga yuzlanib, sportda olib borilayotgan islohotlarni yoritishda ko'makchi bo'lishlari, ommaga faqat natijalarni aytish bilan kifoyalanmasdan, tahliliy ruhdagi materiallar, sportchilarning chempionlik shoxsupasigacha bosib o'tgan mashaqqatli yo'lni ko'rsatib berishlarini so'radi. 

Suratlar muallifi - Alimurod Mamadaminov

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing