26 iyu 15:58
Yangiliklar
Mountinbaykchilarimiz Bo'stonliqdagi Osiyo chempionatida 3 ta medalni qo'lga kiritishdi
27 iyunga qadar davom etadigan mazkur musobaqaning tantanali ochilish marosimi va qator dasturlardagi final bahslari tashkil etildi.
Tadbirda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi, mamlakat velosport federaciyasi rahbari Tanzila Narbaeva, Osiyo velosport konfederaciyasi Prezidenti Amarjit Singh, Sport vaziri o'rinbosari SHahrullo Mahmudov ishtirok etib, musobaqa qatnashchilariga samimiy tilaklarini yo'llashdi.
O'tkazilgan bahslar sportchilarimiz uchun muvaffaqiyatli kechdi. Ayollar o'rtasida tashkil etilgan dounhill dasturida shohsupaning barcha pog'onasi yurtdoshlarimizga nasib etdi.
1. Mariya Zakirova
2. Aliza Rejepova
3. Sevinchoy Zaripboeva
Qayd etish joiz, bu yilgi qita birinchilida 18 mamlakatdan 300 nafarga yaqin sportchi qatnashmoqda.










Fikrlar