26 avg 18:05
Yangiliklar
Mourinyu hakamlarni maydonda Vinisiusni himoya qilishga chaqirdi
"Maydondagi va uning tashqarisidagi vaziyat mavjud. Muxlislarning reakciyasiga kelsak — men irqchilik yoki gomofobiya haqida emas, balki oddiy muxlislar tomonidan bo'ladigan oddiy haqoratlar haqida gapiryapman, — menimcha, Vinisius raqib muxlislari bilan munosabatini yaxshiroq nazorat qila oladi.
Ammo o'yin paytida sodir bo'ladigan voqealarga kelsak — zarbalar, follar, penaltilar va asta-sekin g'azabni oshiradigan barcha narsalar — bu hakamning masuliyati. Men o'yinni boshlayman va zarba olaman — mening fel-atvorim bilan, ehtimol, bir daqiqadan keyinroq qizil kartochka olgan bo'lardim.
Aynan hakam yon atrofda bo'lishi, barcha o'yinchilarni va o'yinning o'zini himoya qilishi kerak. Bu borada, menimcha, Vinisiusga yordam berish juda qiyin. Ammo uning safar stadionlaridagi muxlislar bilan munosabatlari ustida ishlashimiz mumkin", – dedi Mourinyu klub rasmiy saytiga.
Fikrlar