16 noy 16:08
Yangiliklar
Futbol
Mourinyu ikkita o'yinga diskvalifikaciya qilindi
"Roma" bosh murabbiyi Joze Mourinyu Italiya chempionatida diskvalifikaciya oldi.
Portugaliyalik mutaxassis "Torino" (1:1)ga qarshi 15-tur doirasidagi o'yinda qizil kartochka olishi ortidan ikkita o'yinga chetlashtirildi. U hakam Antonio Rapuanoning qarorlaridan noroziligini ochiqdan-ochiq bayon qilgani uchun qizil kartochkaga loyiq ko'rilgan edi.
SHunday ekan, Mourinyu "Roma"ni "Bolonya" (4 yanvar) va "Milan" (8 yanvar)ga qarshi o'yinlarda maydondan boshqara olmaydi. "Roma" 15-turdan so'ng 27 ochko jamg'argan holda Italiya chempionatida 7-o'rinda bormoqda.
Havola :
Fikrlar