26 avg 12:13
Yangiliklar
Boks/MMA
Movsar Evloev chempionlik jangidan so'ng faoliyatini yakunlashi mumkin
Agar Movsar Evloev Aleksandr Volkanovskiga qarshi jangda UFC’ning yarim engil vazn toifasidagi chempioniga aylana olmasa, professional faoliyatini yakunlashi mumkin.
Rossiyalik jangchi bu haqda avstraliyalik sportchining agar navbatdagi jangda muvaffaqiyatsizlikka uchrasa, faoliyatini tugatishi mumkinligi haqidagi bayonotiga munosabat bildirib, malum qildi.
«Menda ham xuddi shunday vaziyat», deb yozgan Evloev xabarga qoldirgan izohida.
Mag'lubiyatga uchramagan Movsar Evloev chempionlik jangiga UFC doirasidagi ketma-ket 10 ta g'alabadan iborat seriya bilan etib kelmoqda. U so'nggi jangda Loren Myorfini hakamlarning yakdil qarori bilan mag'lub etgan.
Havola :
Manba : Fight Space
Fikrlar