23 mar 17:31
Yangiliklar
Movsar Evloev Dana Uaytga: "SHunisiga ham rahmat!"
U promoushen rahbarining rossiyalik aralash yakkakurash ustasiga chempionlik jangini kafolatlamagani, biroq uni yarim engil vazn toifasida amaldagi UFC chempioni Aleksandr Volkanovskining eng ehtimoliy raqibi deb atagan so'zlariga izoh berdi.
"Rahmat, Dana amaki. Ilgari meni faqat mazax qilardingiz. Ammo bu hali ham davom etishi mumkin. Keyin nima bo'lishini ko'ramiz. Men chempionlik uchun jang qilishga tayyorman, ammo menga yana bir debyutantni berishingiz ham mumkin. Buni ham istisno qilmayman", - dedi Evloev Londondagi UFC Fight Night 270 turniridan keyin o'tkazilgan matbuot anjumanida.
Rossiyalik hakamlarning ko'pchilik ovozi bilan g'alaba qozonganidan so'ng, MMA hamjamiyati ikkiga bo'lindi. Bazilar britaniyalikni ushbu jang g'olibi deb atadi. Liga rahbari esa jang natijasini bahsli deb hisoblamaydi.
"Hakamlardan biri durang qayd etdi va men bu erda hech qanday bahsli jihatni ko'rmayapman", - dedi Uayt tadbirdan so'ng jurnalistlar bilan suhbatda.

Fikrlar