05 fev 12:58
Yangiliklar
Movsar Evloev faoliyatida ilk bor 5 raundlik jang o'tkazadi
31 yoshli Movsar 21 mart kuni Londonda o'tkaziladigan UFC Fight Night 270 turnirining asosiy jangi doirasida Leron Myorfiga qarshi oktagonga ko'tariladi.
Markaziy bellashuv 5 raund etib belgilangan. Etiborlisi, bu Movsar uchun karerasidagi ilk 5 raundlik bahs va markaziy jang bo'ladi.
Movsar Evloev yarim engil vazn toifasi UFC reytingida birinchi o'rinni egallab turibdi. U o'zining so'nggi jangini 2024 yilning dekabr oyida o'tkazgan va hakamlarning yakdil qarori bilan Aljameyn Sterling ustidan g'alaba qozongandi. Bungacha u Arnold Allen, Diego Lopes va Den Igeni ham mag'lub etgan. Uning UFC’dagi barcha g'alabalari hakamlar qarori bilan qo'lga kiritilgan.
34 yoshli Leron Merfi (17-0-1) esa 2025 yilning avgustida o'tgan UFC 319 turnirida Aaron Piko ustidan g'alaba qozongan edi. Bungacha u Josh Emmet, Den Ige va Edson Barbosani mag'lub etgan.
Fikrlar