07 apr 15:52
Yangiliklar
Boks/MMA

Movsar Evloev keyingi jangini UFC debyutantiga qarshi o'tkazadi
Bu haqda Captain Hardcore nashri xabar bermoqda.
Unga ko'ra, yarim engil vazn toifasidagi rossiyalik aralash yakka kurash ustasi, mazkur vaznda UFC reytingida to'rtinchi o'rinni egallab turgan Movsar Evloev 17 may kuni oktagonga qaytadi.
U Las-Vegasda o'tkaziladigan UFC Fight Night turniri doirasida amerikalik Aaron Piko bilan jang qiladi.
Musobaqa doirasida o'zbekistonlik MMA jangchisi Nursulton Ro'ziboev AQSH vakili Dastin Stolcfus bilan bahs olib boradi.
Malumot uchun, 31 yoshli Movsar faoliyati davomida hozirgacha 19 ta jang o'tkazib, ularning barchasida g'olib bo'lgan. 28 yashar Aaron Piko hisobida esa 13 ta g'alaba va 4 ta mag'lubiyat mavjud.
Havola :
Manba : Captain Hardcore
Fikrlar