So’nggi yangiliklar

10:08Сауль Альварес навбатдаги ғалабасига эришди, Мунгия ҳам ғолиб 0 09:50UFC ойнинг энг яхши жангини эълон қилди 0 08:45Рамазон Темиров Каванага қарши мағлубиятдан кейин илк бор мухлисларга мурожаат қилди 0 07:59"Барселона" иккита мағлубиятдан сўнг бор аламини "Алавес"дан олди, "кўк-анорранглилар" рақиб дарвозасига 6 та тўп киритишди 0 19:12Қозоғистонлик боксчи Шоҳжаҳон Эргашевга жавоб қайтарди 0 18:30Одилхон Камолов "Alash & Mangu" турнирида жанг қилади 0 17:54"Барселона" январь ойида "Челси" футболчисини ижарага олишга тайёр 0 17:09Мунгия — Зон жанги ғолиби Бектемир Мелиқўзиев билан тўқнаш келади 0 16:40Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги жанги санаси ва манзили маълум — манба 0 16:27Кудерметова ва Тимофеева Гуанчжоу турнири финалига чиқди 0 15:15Сауль Альварес тарозига чиқди, бугун чемпионлик жанги! 0 14:44Дунёнинг энг яхши мураббийи номига номзодлардан бири овоз бериш якунларига кўра бирорта ҳам очко тўплай олмади 0 14:13Уч нафар эркин курашчимиз жой олган RAF рейтинги янгиланди 0 13:42Раҳмонов жамоасидагилар собиқ UFC чемпиони билан бўладиган жангга изоҳ беришди 0 13:11Александр Волков: "Жон Жонс энг буюк, лекин мен уни мағлуб эта оламан" 0

29 noy 09:59
Yangiliklar

Boks/MMA

Movsar Evloev Leron Merfiga "vyzov" tashladi

Yarim engil vazn toifasi UFC reytingida birinchi o'rinni egallab turgan Movsar Evloev tanlov o'ziga tushishini kutib o'tirmasdan, reytingdagi o'rnini mustahkamlash uchun faol harakat qilishga qaror qildi.

Buning uchun Evloev hozirda reytingning to'rtinchi pog'onasida borayotgan mag'lubiyatsiz Leon Merfiga qarshi jang qilmoqchi. U promoushen rahbarlari chempion Aleksandr Volkanovski uchun navbatdagi raqib sifatida o'zini tanlashmaganidan xafa bo'lmoqda.

"Leron Merfi, men senga birinchi raqamli davogar bilan jang qilish imkonini beraman. Odamlaringga men bilan chempionlik jangi bo'lib o'tadigan turnirda oktagonga chiqishga tayyor ekaningni ayt", - deb yozdi Evloev ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Bu xabar Merfining UFC Aleksandr Volkanovskini bir yildan kamroq vaqt oldin mag'lub etgan Diego Lopes bilan revansh jangini belgilaganini eshitib, hafsalasi pir bo'lganiga munosabat bo'ldi.

"Eng yoqimsiz narsa - eng buyuk yarim engil vaznli jangchilardan biri bilan jang o'tkazish imkoniyatini qo'ldan boy berish. Endi kim kuchliroq ekani muhim emas, faqat mashhurlik muhim", - deydi Merfi Volkanovski - Lopes 2 jangi haqidagi xabarga izoh berib.

Malumot uchun, 34 yoshli Leron Merfi professional MMAda 18 ta jang o'tkazib, 17  g'alaba va 1 durangga erishgan. O'sha yagona durang natijasini 2019 yilda rossiyalik Zubayra Tuxugovga qarshi jangda qayd etgan. SHu yilning avgust oyida bo'lib o'tgan so'nggi jangida u Aaron Pikoni birinchi raunddayoq nokautga uchratdi.

31 yoshli Movsar Evloev esa faoliyatidagi 19 ta jangining barchasida g'alaba qozongan. U so'nggi jangini 2024 yilning dekabrida Aljameyn Sterlingga qarshi o'tkazib, amerikalik raqibini hakamlarning yakdil qarori bilan mag'lub etgandi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing