21 mar 13:35
Yangiliklar
Movsar Evloev o'zini zerikarli jangchi deb hisoblashlariga munosabat bildirdi
"Faqat diletantlar meni zerikarli jangchi deb o'ylaydi. Ular MMA aslida nima ekanini tushunmaydi. Aralash jang sanatini tushunadiganlar bu darajada mag'lubiyatsiz qolish qanchalik qiyinligini biladi. Reytingda birinchi raqam bo'lish hazil emas. Men har doim muddatidan oldin g'alaba qozonishga harakat qilaman, lekin ehtimol bu mening uslubim emasdir. Raqiblarimni texnik ishlashim bilan charchataman. Oxir-oqibat, eng muhimi — g'alaba, to'g'rimi?
Agar muddatidan oldin yakun bo'lsa-yu, lekin men yutqazsam, masalan, raqibim meni finish qilsa, muxlislar uchun qiziqarli bo'lishi mumkin, ammo men uchun emas. Men buni qabul qilmayman. Agar g'alabaga erishishning yagona yo'li kurash bo'lsa, undan foydalanmaslik ahmoqlik bo'lardi. Men ish beradigan barcha usullardan foydalanaman — buni shanba kuni ko'rasiz", — dedi Evloev MMA Mania’ga.
Fikrlar