09 dek 16:17
Yangiliklar
Boks/MMA

Movsar Evloev: "UFC kamari uchun jang berishmagunicha, 100:0`gacha yutaveraman"
Yarimengil vazn toifasida rossiyalik aralash yakkakurash ustasi Movsar Evloev liga chempionligi uchun kurashish istagini bildirdi.
"Agar UFC meni kamarga loyiq emas deb hisoblasa, yana jang bersin. G'alaba qozonishda davom etaveraman, hatto 100:0`ga qadar ham. Keyin chempionlik jangi haqida o'ylashadi", dedi Evloev UFC 310 turniridan keyingi matbuot anjumanida.
U kechagi musobaqa doirasida amerikalik sobiq chempion — Aljemeyn Sterlingni ochkolar hisobiga ko'ra mag'lub etib, rekordini 18:0 ko'rinishiga keltirgandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar