So’nggi yangiliklar

19:31УЕФА Инфантинони тахтдан туширмоқчи, Анри эса футболчиларни уйғонишга чақирмоқда 0 18:58Жаҳон спортида яна бир шов-шувли дисквалификация рўй берди 0 18:13Жастин Гэтжи: "Конор Макгрегорга мушт туширишни сабрсизлик билан кутяпман" 0 17:45Хамзат Чимаев: "Стрикленд билан 24 соат жанг қилишга тайёрман" 0 17:16ФИФА УЕФАни туҳматда айблади 0 16:49Рўзибоев ўз вазнида! UFC Paris турнирининг вазн ўлчаш маросими ўтказилди (барча натижалар) 0 16:03Хамзат Чимаев UFC жангчиси билан кураш тушиш ниятида 0 15:30Octagon яна Ўзбекистонда турнир ташкил этади, бу сафар Тошкентда эмас 0 14:47Постекоглу Роналдунинг фаолиятини якунлашидан олдинги бош мақсадини айтди 0 14:16RAF Қозоғистондаги турнирини расман эълон қилди. Рўйхатда Ўзбекистон ҳам бор! 0 13:45Нурсултон Рўзибоев жанг қиладиган UFC турнирининг тўлиқ карди ва бошланиш вақти 0 13:14Сонг Ядонг Петр Ян - Мераб Двалишвили жангига тахминини айтди 0 12:43ЖЧ-2026 ғолиби 31 ёшида термадаги фаолиятини якунлади 0 12:12Махачевнинг жамоаси чемпионлик камарини йил охиригача ҳимоя қилиш шартини маълум қилди 0 11:41"Ўзимни жуда яхши ҳис қилгандим". Чимаев — Стриклендга қарши жангини эслади 0

21 iyu 07:59
Yangiliklar

Kurash

Mo'ynoq yosh polvonlar bahsiga mezbonlik qildi

Teglar :  Belbog'li kurash
Qoraqalpog'iston Respublikasining Mo'ynoq tumanida belbog'li kurash bo'yicha kichik o'smirlar (U13) o'rtasida O'zbekiston chempionati bo'lib o'tdi.

O'zbekiston Respublikasi sport vazirligi hamda Respublika belbog'li kurash federaciyasining yillik-taqvim rejasidagi ushbu musobaqada Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahri va mamlakatimizning barcha viloyatlaridan 300 nafarga yaqin iqtidorli yosh polvonlar ishtirok etdi.

CHempionatning tantanali ochilish marosimi yuqori saviyada tashkil etildi. Unda ishtirok etgan mutasaddilar musobaqa ishtirokchilarini qutlab, omad tilashdi. SHundan so'ng bellashuvlarga start berildi.

Musobaqada o'g'il bolalar belbog'li kurashning erkin va klassik yo'nalishlari bo'yicha 13 ta vazn toifasida, qizlar esa erkin yo'nalish bo'yicha 9 ta vazn toifasida g'oliblik uchun kurash olib borishdi. To'rt kun davom etgan qizg'in va murosasiz bahslarda yosh polvonlar o'zlarining yuqori tayyorgarligi, mahorati hamda g'alabaga bo'lgan intilishlarini namoyon etishdi.

Yakuniy natijalarga ko'ra, umumjamoa hisobida Andijon jamoasi chempionlikni qo'lga kiritdi. Ikkinchi o'rinni Namangan viloyati jamoasi egallagan bo'lsa, Farg'ona viloyati hamda Qoraqalpog'iston jamoasi uchinchi o'ringa munosib deb topildi.

CHempionat yakunida g'olib va sovrindorlar diplom, medal hamda esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi. Mazkur musobaqa yoshlar o'rtasida belbog'li kurashni yanada ommalashtirish, iqtidorli sportchilarni aniqlash va ularning sport mahoratini oshirishga xizmat qildi.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing