So’nggi yangiliklar

14:32Дана Уайт Махачевнинг жангдан воз кечишининг сабабини айтди 0 14:01Суперлига. Бугун 27-турга старт берилади 0 13:30Дакар-2026 Олимпиадасида бугун 3 нафар ўзбекистонлик баҳсларга киришади 0 12:59Уайлдер қайтмоқда. У Фьюри - Жошуа жанги андеркардида рингга чиқади + ПОСТЕР 0 12:28Ҳумоюн Бегмуратов — Жаҳон чемпиони! 0 11:56Sofascore. Ҳусанов яна бир бор ҳимоядаги шериклари орасида энг яхшиси 0 11:25Богдан Гусков: "Уиттакер кўчадан келган болакай эмас!" 0 10:54Полина Кудерметова Chennai Open 1/4 финалига йўл олди 0 10:23Тўрт карра Олимпиада чемпиони Мо Фара "Samarkand Marathon 2026" амбассадори бўлади 0 09:52Бразилияда бир ўйинда қизил карточка кўрсатиш бўйича рекорд ўрнатилди 0 08:45Дана Уайт Махачев билан оғзаки келишиб олгани ҳақида гапирди 0 20:13Усман Нурмагомедовнинг UFC`даги потенциал рақиби маълум 0 19:42Василий Ломаченконинг қачон рингга қайтиши аниқ бўлди 0 19:11Родри жароҳати сабабли "Барселона"нинг "Атлетико"га қарши ўйинини ўтказиб юборади 0 18:30Самбо бўйича Ўзбекистон терма жамоасининг Жаҳон чемпионати учун таркиби маълум 0

08 may 12:58
Yangiliklar

Boks/MMA

Muammolar girdobida qolgan Jervonta Devis 26 may sud qilinadi

Teglar :  Jervonta Devis
Amerikalik 28 yoshli jahon chempioni Jervonta Devis Baltimor sudi tomonidan uch oylik uy qamog'iga hamda uch yil shartli qamoq jazosiga, shuningdek, Baltimorda baxtsiz xodisa sodir etgani va voqea joyini tark etgani uchun 200 soatlik jamoat ishlariga yordamlashishga hukm qilindi.

Aprel oyida Rayan Garsiyaga qarshi muvaffaqiyatli jangdan so'ng Devis o'z murabbiyi Kelvin Fordning Baltimordagi uyida uy qamog'ida o'tirdi va Baltimorda jamoat xizmatida bo'ldi.

Avtofalokat 2020 yil 5 noyabrda Baltimorda sodir bo'lgan. Policiya hisobotiga ko'ra, Devis mashina boshqarayotganida qoidalarni buzgan va to'rt kishi (ular orasida homilador ayol ham bo'lgan) ketayotgan mashina bilan to'qnashgan. Devis voqea joyidan qochib ketgan, ammo tezda shaxsi aniqlangan.

Keyinroq bokschi uch nafar jabrlanuvchiga etkazilgan zararni qoplash masalasini sudgacha hal qildi va ayblovchi tomon bilan kelishuvga erishdi. Devisga jazo sifatida bir yil sinov va ikki oylik uy qamog'i belgilandi. Biroq, to'rtinchi jabrlanuvchi Jayr Smit ishni sud hayatigacha olib bordi.

Fevral oyida Devis sud hayati oldida o'z aybini tan oldi: falokat joyini jarohatlanganlar bilan tark etish; mulkka etkazilgan zarar haqida xabar bermaslik; transport vositasini boshqarish huquqiga ega bo'lmagan haydovchining avtomashinasini boshqarishi va svetofordan o'tganligi uchun. 

Bokschining qonun bilan bog'liq muammolari shu bilan tugamadi. 26 may kuni u va voyaga etmagan qizining onasi o'rtasida dekabr oyida Floridada sodir bo'lgan voqea bo'yicha navbatdagi sud majlisi bo'lib o'tadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing