11 dek 10:03
Yangiliklar
Muattar Nabieva Jahon kubogida 3 ta medal qo'lga kiritdi
Bugun ayollar o'rtasida o'tkazilgan -55 kilogramm vazn toifasidagi bahslar terma jamoamiz uchun omadli yakunlandi.
Ushbu vaznda yurtimiz sharafini himoya qilgan vakilamiz Muattar Nabieva musobaqada 3 ta bronza medaliga sazovor bo'ldi. Andijonlik atletimiz dast ko'tarishda 88 kg, siltab ko'tarishda 111 kg va ikki kurash yakuni bo'yicha esa 199 kilogramm bilan har bir yo'nalishda uchinchi natijani qayd etgan.
Og'ir atletika bo'yicha Jahon kubogi.
Ayollar, -55 kg
1. Vancion Jang (Xitoy) – 212 kg (96 kg + 116 kg)
2. Ciyun Liao (Xitoy) – 210 kg (95 kg + 115 kg)
3. Muattar Nabieva (O'zbekiston) – 199 kg (88 kg + 111 kg) …
5. Nigora Abdullaeva (O'zbekiston) – 169 kg (77 kg + 92 kg)
Bugun bo'lib o'tadigan bahslar doirasida Sarvarbek Zafarjonov (-89 kg), Kumushxon Fayzullaeva (-64 kg) hamda Nigora Suvonova (-71 kg) kabi vakillarimiz ham ishtirok etishadi.
Fikrlar