19 dek 09:09
Yangiliklar
Tennis
Mubadala World Tennis Championship. Uchinchi o'ringa kimga nasib etdi?
Xabar berganimizdek, BAA poytaxti Abu-Dabi shahrida tennis bo'yicha ko'rgazmali turnir o'tkazildi.
Bosh sovrin dunyoning to'rtinchi raketkasi Stefanos Cicipasga nasib etdi. Greciyalik tennis final bahsida ATP reytingida 8-o'rinni egallab turgan rossiyalik Andrey Rublyovni uch set natijasiga ko'ra mag'lubiyatga uchratgan edi.
Mubadala World Tennis Championship turnirining uchinchi o'rin uchun o'tkazilgan bahsida esa dunyoning uchinchi raketkasi, norvegiyalik Kasper Ruud jahon reytingi peshqadami, ispaniyalik Karlos Alkarazdan ustun keldi - 6/1, 6/4.
Ruud tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisobni qisqartirdi - 2:3. Bir soatu 8 daqiqa davom etgan bahsda Ruud 2 ta eys, 4 ta breykni amalga oshirdi. Qo'shxatoga yo'l qo'ymadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar