29 avg 17:12
Yangiliklar
Mudofaa vaziri Kubogida xorazmlik dzyudochilar birinchi bo'lishdi
Qoraqalpog'iston Respublikasi, barcha viloyatlar hamda Toshkent shahridan jam bo'lgan 2001-2002 yillarda tug'ilgan jami 200 nafardan ziyod yarim professional dzyudochilar 14 ta vazn toifasida medallar uchun bahs olib borishdi.
Yakunda Xorazm viloyati terma jamoasi (qizlar va o'g'il bolalar umumiy) medallar jamg'arish bo'yicha umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egallashdi. Vohalik dzyudochilar 4 ta oltin, 1 ta kumush, 3 ta bronza medalini qo'lga kiritishdi. Toshkent viloyati jamoasi 3 ta oltin, 2 ta kumush, 2 ta bronza medali bilan ikkinchi o'rinni band etgan bo'lsa, kuchli uchlikka 2 ta oltin va 2 ta bronza medali bilan Buxoro jamoasi yakun yasab berdi.
Qashqadaryo, Namangan, Surxondaryo, Samarqand va Jizzax viloyati dzyudochilari bittadan oltin medalga ega chiqishdi. Toshkent shahri, Andijon va Navoiy viloyati jamoalari ham kamida bittadan bronza medaliga ega bo'lishdi.
Fikrlar