26 sen 07:32
Yangiliklar
Boks/MMA
Muhammad Mokaev yana UFC'ga "paxta" qo'ydi
Asli chechenistonlik, hozirda Buyuk Britaniya sharafini himoya qilayotgan MMA jangchisi Muhammad Mokaev UFC'ga qaytish istagini bildirdi.
U bir muddat oldin Brave FC ligasi bilan shartnoma imzolagan edi. Biroq Muhammad hozircha Brave FC'da jang qilmadi.
"Butun dunyo bo'yicha o'ta engil vazn toifasidagi eng ko'p maosh oluvchi jangchiman. Ammo menda hozircha Brave FC kamari yo'q. Lekin mening asosiy maqsadim - bu UFC'ga qaytish! CHunki bu promoushen hozirda dunyoda birinchi raqamli ligadir!", deb yozdi Mokaev o'zining Tvitter sahifasida.
Malumot uchun, 24 yoshli Muhammad Mokaev (12-0) 2022-2024 yillar davomida UFC'da 7 ta jang o'tkazib, ularning barchasida g'alaba qozongan.
Havola :
Manba : VestnikMMA
Fikrlar