25 mar 08:04
Yangiliklar
Muhammad Saloh "Liverpul"dan ketishini elon qildi!
33 yoshli misrlik yulduz o'zining ijtimoiy tarmoqlaridagi videomurojaat orqali ushbu qarorini tasdiqladi.
Saloh 2017 yildan buyon "Liverpul" sharafini himoya qilib kelmoqda. U klub safida 435 ta o'yinda maydonga tushib, 255 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi va 9 ta sovrin, jumladan APL hamda ECHL oltin medallarini qo'lga kiritdi.
"Afsuski, o'sha kun etib keldi. Bu mening xayrlashuvimning birinchi qismi. Mavsum yakunida "Liverpul"ni tark etaman. Ushbu klub, shahar va muxlislar hayotimning ajralmas qismiga aylanishini tasavvur ham qila olmagandim. "Liverpul" shunchaki jamoa emas, bu — ehtiros va tarix. Men har doim sizlardan biri bo'lib qolaman, ushbu klub esa men va oilam uchun hamisha uy bo'lib qoladi", — dedi Saloh o'z murojaatida.
Eslatib o'tamiz, Muhammad Saloh "Liverpul" tarixidagi eng yaxshi to'purarlardan biri sifatida o'z nomini tarixga muhrlab ketmoqda.

Fikrlar