03 avg 12:05
Yangiliklar

Muhammadqodir Abdullaevni engan Kottoning jangi qachon o'tkaziladi?
35 yoshli puertorikalik bokschi Roc Nation promouterlik kompaniyasi bilan shartnoma ega. Ushbu kelishuvga binoan Kotto yil so'nggida jang o'tkazishi shart.
Katta ehtimol bilan Migel Anxel Kotto ishtirokidagi boks kechasi AQSHning Florida shtatida bo'lib o'tadi. Hozircha raqib nomi malum emas.
Eslatib o'tamiz, Migel Anxel Kotto o'z vaqtida chempionlik kamari uchun kechgan jangda hamyurtimiz Muhammadqodir Abdullaevga qarshi ringga ko'tarilgan va 9-raundda texnik nokaut evaziga Sidney-2000 chempionini mag'lub etgandi. O'shanda Abdullaevning ko'zida gematoma paydo bo'lgandi.
SHifokorlar esa jangni davom ettirmaslikni tavsiya qilishganjdi. Ushbu chempionlik jangi 2005 yilning 11 iyun kuni AQSHning Nyu-York shahridagi muhtasham Madison Square Garden arenasida bo'lib o'tgandi.
Fikrlar