16 may 19:19
Yangiliklar
Og'ir atletika
Muhammadqodir Toshtemirov Osiyo chempionati shohsupasida
Hindistonning Gandxinagar shahrida o'tayotgan og'ir atletika bo'yicha Osiyo chempionatida yana bir medal qo'lga kiritildi.
Erkaklar o'rtasida o'tkazilgan -94 kg vazn toifasining dast ko'tarish mashqida Muhammadqodir Toshtemirov kumush medalga sazovor bo'ldi. Yurtdoshimiz ushbu mashqda 166 kg toshni ko'tarishga erishdi.
Toshtemirov endi silta ko'tarish mashqi va ikki kurash bo'yicha ham medallar uchun kurashni davom ettiradi.

Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar