So’nggi yangiliklar

18:40"Бу ҳақда ҳамма жим". Стрикленд UFC’ни кескин танқид қилиб, ташкилотни тарк этиш ниятини билдирди 0 18:11Алекс Перейра нима учун боксга ўтмаслигини тушунтирди 0 17:40Чеферин тўртинчи муддатга ўз номзодини қўйишга қарор қилди 0 17:14WBA Хайме Мунгиянинг жангини тасдиқламади ва вазиятга муносабат билдирди 0 16:30"Опетайяни осонгина мағлуб этаман". Шон Стрикленд боксга ўтишга тайёрлигини билдирди 0 15:41Жанибек Алимханулининг чемпионлик жанги қачон ва қаерда ўтиши маълум бўлди 0 15:12Меҳди Тартар: "Ўзбекистон билан мунтазам ўйнаш Эрон терма жамоасининг обрўсини туширмоқда" 0 15:07Илья Сибирцев Жаҳон кубогида совриндор бўлди (ФОТО) 0 14:41Жавоҳир Умматалиевнинг Лондондаги рақиби испаниялик бўлади 0 14:10UFC шарҳловчиси Жо Роган янги шартнома бўйича чорак миллиард доллар олади 0 13:39Мексикада рестлинг турнири чоғида 75 ёшли ҳакам қабул қилинган усулдан сўнг вафот этди + ФОТО 0 13:08"Ўғлимни катта дарвозадан эмас, орқа эшикдан чиқариб юборишди". Роналдунинг онаси терма жамоа атрофидаги машмашаларга муносабат билдирди 0 12:37Кормье Гэтжини огоҳлантирди: "Бундай қилиш ярамайди" 0 12:06Тошкентда сузиш бўйича Жаҳон кубоги бошланди 0 11:35Бектемир Меликўзиев чемпионлик жангидан четда қолди(ми?) Хайме Мунгиянинг кейинги рақиби ва жанг санаси эълон қилинди 0

26 iyu 22:43
Yangiliklar

Kurash

Muhsin Hisomiddinov Parijda tengsiz + FOTO

Har yili 24 iyul sanasida Franciyaning Parij shahrida katta kurash bayramini tashkil etish ananaga aylanmoqda.

Aynan shu kuni orzu va muhabbat ramziga aylangan Eyfel minorasi poyida nafaqat ko'hna qitaning, balki dunyoning eng zabardast polvonlari kuch sinashadi. Nufuzli kurash bayramiga yig'ilganlar shiddatli va jozibador bahslarga guvoh bo'lish bilan birga o'zbek madaniyati, sanati va albatta milliy hunarmandchilik ko'rgazmalaridan ham bahramand bo'lishdi.

Xalqaro Kurash associaciyasi taqvim rejasidan o'rin olgan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun xalqaro turnirda dunyoning 20 ga yaqin davlatlaridan vakillar ishtirok etishdi. Kurash bahslari esa kutilganidanda shiddatli va murosasiz bo'lib o'tdi. 

Nafaqat jahon chempionlari, balki boshqa sport turlaridan ham nomdor polvonlar, Olimpiya o'yinlari ishtirokchilari, qita va dunyoda tengsiz deb topilgan eng sara polvonlar g'oliblik uchun gilamga chiqdilar.

Kurash bo'yicha 4 karra jahon chempioni, 2 karra Osiyo chempioni, Osiyo o'yinlari g'olibi Muhsin Hisomiddinov o'z tituliga Parij turniri g'olibligini ham yozishga muvaffaqt bo'ldi. U yarim final bahsida serbiyalik Aleksandr Kalabichni mag'lubiyatga uchratdi. 

Kalabich o'tgan yili Germaniyaning Frankfurt shahrida bo'lib o'tgan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun xalqaro turnirning mutloq vazn toifasida tengsiz deb topilgan edi. SHu yil Polshada bo'lib o'tgan Evropa o'yinlari doirasidagi Evropa ochiq chempionatida kumush medalni qo'lga kiritgandi.

Muhsin polvon final bahsida Evropa ochiq chempionati g'olibi Viktor Resko qarshiligini engib oltin medal hamda 3000 evro pul mukofoti bilan Toshkentga qaytadigan bo'ldi.

Ayollar o'rtasidagi bahslar yanada qiziqarli o'tdi. Unda germaniyalik Jasmin Grabovski finalda gruziyalik Elena Kebadzeni mag'lubiyatga uchratdi va Parij turniri g'olibligini qo'lga kiritdi. Ruminiyalik Byanka-Elena Prodan va kurash vatani vakilasi Sitora Husanovalar bronza medallari bilan taqdirlanishdi.

O'zbekistonning Franciyadagi elchixonasi tashabbusi bilan turnir doirasida madaniy tadbirlar ham tashkil etildi. Unda o'zbek sanatining taniqli vakillari o'z qo'shiqlari bilan ishtirokchilarga haqiqiy bayram kayfiyatini tuhfa etishdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing