10 dek 13:50
Yangiliklar

Muhsin Hisomiddinov Surxondaryoda “Yil yoshlari-2022” sifatida etirof etildi + FOTO
Surxondaryo viloyati hokimi To'ra Bobolov yakunlanayotgan yil davomida fan, talim, sport, madaniyat va sanatda hamda boshqa yo'nalishlarda ko'plab yutuqlarga erishgan, har sohada faollik ko'rsatayotgan mingga yaqin yoshlar bilan uchrashdi.
Viloyat rahbari bir guruh yoshlarga pul mukofotlari, sovg'alar va mahallalar uchun sport anjomlari to'plamlarini tantanali topshirdi. Etiborli jihati mazkur tadbirda taniqli Kurashchi Muhsin Hisomiddinov “Yil yoshlari-2022” nominaciyasi bo'yicha g'olib deb topildi.
SHuningdek, kurash bo'yicha kattalar o'rtasida 3 karra Jahon chempioni Mohinur Mo'minova, jahon chempionati sovrindorlari Yulduz Muhammadieva, Sitora Xusanova, Xojar SHapaatova va Osiyo bolalar o'yinlari-2022 g'olibi Durdona Tursunovalar ham viloyat hokimligi tomonidan qimmatbaho sovg'alar, diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlandi.
Fikrlar